Bugun
3
O'zbek

«PSJ» Nike bilan rekord miqdorda shartnoma imzolashga yaqin

Futbol
13 iyul, 15:54
Tomonlar hamkorlikni yana besh yilga — 2037 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
«PSJ» Nike bilan rekord miqdorda shartnoma imzolashga yaqin
Фото: Getty Images

«PSJ» klubi hamda Amerikaning Nike kompaniyasi o‘zaro hamkorlik shartnomasini uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, amaldagi kelishuv 2032 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tomonlar hamkorlikni yana besh yilga — 2037 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Yangi shartnomaga ko‘ra, Parij klubi har yili taxminan 100 million yevro daromad oladi. Hozirgi kelishuv doirasida esa «PSJ» bir mavsum uchun qariyb 60 million yevro ishlab topmoqda.

Shuningdek, «PSJ» Nike'ning sho‘'ba brendi hisoblangan Jordan bilan hamkorlik qilayotgan yagona futbol klubi maqomini saqlab qoladi.

Parijliklar kelgusida ham Nike va Jordan brendi ostidagi liboslarda maydonga tushishda davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar