Madridning «Real» klubi asosiy darvozaboni Thibaut Kurtua bilan hamkorlikni yanada uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, belgiýalik 34 yoshli darvozabon o'tgan yozda «qaymoqranglilar» bilan shartnomasini 2027 yil yoziga qadar uzaytirishga rozilik bildirgan edi. Endi esa klub unga yanada uzoq muddatli yangi bitim taklif qilish niyatida.
Xabar qilinishicha, «Real» rahbariyati Thibaut Kurtua bilan rasmiy muzokaralarni yozgi transferlar oynasi yopilganidan keyin boshlashni rejalashtirgan. Klub tajribali posbonni kelajakda ham jamoaning asosiy darvozaboni sifatida ko'rishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Thibaut «Real»dan oldin «Atletico» va «Chelsea» jamoalarida to'p tepgan.