Ispaniya milliy jamoasi va «Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro Fransiyaga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Menimcha, ularni qanday hurmat qilsak, ular ham bizni shunday hurmat qiladi, deb o'ylayman. Umid qilamanki, barchasi ko'ngildagidek bo'ladi. E'tiborimizni faqat o'z o'yinimizga qaratishimiz kerak. Axir, biz ham dunyoning eng kuchli jamoalaridan birimiz. So'nggi 36 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramaganmiz. Eng muhimi — o'z o'yinimizni namoyish etish va ularga eng yaxshi futbolini ko'rsatish imkonini bermaslik. Barchasi o'z qo'limizda.
Fransiyani oxirgi ikki uchrashuvda mag'lub etganmiz, ammo har bir o'yin o'ziga xos. Ular safida yuqori saviyadagi futbolchilar borligini yaxshi bilamiz. G'alaba qozonish uchun deyarli barcha ishni mukammal bajarishimiz kerak. Bu qiyin, ammo juda qiziqarli bahs bo'ladi», — dedi Porro Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.