Bugun
3
O'zbek

Grinvud — «Fenerbahche» futbolchisi (Romano)

Futbol
13 iyul, 17:34
Bitim qiymati 40 million yevro kafolatlangan mablag‘ va qo‘shimcha 2 million yevro bonuslardan iborat.
Grinvud — «Fenerbahche» futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

«Marsel» vingeri Meyson Grinvud faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, «Fenerbahche» angliyalik 24 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «Marsel» bilan kelishuvga erishgan.

Bitim qiymati 40 million yevro kafolatlangan mablag‘ va qo‘shimcha 2 million yevro bonuslardan iborat. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi soliqlar to‘langanidan keyin 10 million yevroga teng bo‘ladi.

Shuningdek, Grinvudning sobiq klubi «Manchester Yunayted» ham ushbu transferdan 10 million yevrodan ortiq mablag‘ oladi.

Ma’lumot o‘rnida, «Marsel» 2024 yil yozida Grinvudni «qizil iblislar»dan 26 million yevro evaziga sotib olgandi. O‘tgan mavsum u barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi va 11 assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar