Bugun
13
O'zbek

«Manchester Yunayted» Grinvudni qaytarib olmaydi

Futbol
12 iyul, 15:10
«Marsel» endi «Fenerbahche» bilan muzokaralarni boshlaydi.
«Manchester Yunayted» Grinvudni qaytarib olmaydi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» vinger Meyson Grinvudni ortga qaytarish imkoniyatidan foydalanmaydi.

Bu haqda ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mankunianliklar «Marsel»ga Grinvudni qayta sotib olish bandini faollashtirmasligini ma'lum qilgan. Endilikda Fransiya klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Fenerbahche» bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.

Qayd etilishicha, transfer amalga oshsa, «Manchester Yunayted» futbolchining keyingi sotuvidan foiz olish bandi orqali taxminan 11,7 million yevro ishlab oladi.

2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Marseille Marseille
  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar