Bugun
215
O'zbek

“Fenerbahche” oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Taliska bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
4 sentabr, 05:37
32 yoshli braziliyalik erkin agentga aylandi.
“Fenerbahche” oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Taliska bilan shartnomani bekor qildi
Foto: Fenerbahce SK

“Fenerbahche” Taliska bilan xayrlashganini eʼlon qildi.

Istanbulliklar 32 yoshli hujumchi bilan shartnomani tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra bekor qilishdi.

Braziliyalik futbolchi Turkiya klubiga 2024/25 yilgi mavsumning oʻrtasida qoʻshilgandi. U “An Nasr”dan transfer qilingan boʻlib, Krishtianu Ronaldu kelgunga qadar Saudiya klubida ikki mavsum ketma-ket jamoaning eng yaxshi toʻpurari aylangan.

Taliska Turkiya Superligasida jami 47 ta oʻyinda 29 ta gol urdi va 2025/26 yilgi mavsumda “Fenerbahche”ning ham eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar