Bugun
20
O'zbek

"Beshiktosh" "Bayer"dan Pokuni oʻz safiga qoʻshib oldi

Futbol
26 avgust, 04:04
Niderlandiyalik hujumchi yangi mavsumni Turkiyada oʻtkazadi.
"Beshiktosh" "Bayer"dan Pokuni oʻz safiga qoʻshib oldi
Foto: Besiktas JK

"Bayer" hujumchisi Ernest Poku "Beshiktosh"ga oʻtdi.

Turkiya klubi niderlandiyalik 22 yoshli futbolchini bir yilga 3 million yevro evaziga ijaraga oldi.

Shartnomaga muayyan shartlar bajarilganda 20 million yevro evaziga majburiy sotib olish bandi ham kiritilgan, deb xabar bermoqda Sky Sport.

"Beshiktosh" esa futbolchining transferi va shaxsiy bitim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilganini tasdiqladi. Poku allaqachon Istanbulga yetib borgan, faqat tibbiy koʻrikdan oʻtish qolgan.

Oʻtgan mavsumda Bundesligada 29 ta oʻyinda maydonga tushgan hujumchi 5 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
  • Bayer Bayer
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar