Bugun
10
O'zbek

«Fenerbahche» Grinvud transferi uchun rasmiy taklif yubordi

Futbol
8 iyul, 15:30
Turkiya klubi «Marsel» bilan kelishuvni yakunlash arafasida turibdi.
«Fenerbahche» Grinvud transferi uchun rasmiy taklif yubordi
Foto: Getty Images

«Fenerbahche» «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Turkiya klubi Fransiya jamoasiga bugunning o'zida rasmiy taklif yuborgan. Tomonlar 40 million yevrodan ortiq kafolatlangan to'lov hamda bonuslarni o'z ichiga olgan kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Bonuslar bilan transfer summasi «Marsel» talab qilayotgan qariyb 50 million yevroga yetishi mumkin.

Shuningdek, jurnalist Fabris Xokins ma'lumotiga ko'ra, Grinvudning o'zi ham «Fenerbahche»ga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar