Bugun
10
O'zbek

"Fenerbahçhe" Grinvud bo'yicha "Marsel" bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
8 iyul, 06:07
Angliyalik futbolchi yangi jamoasida yiliga 11 mln yevro maosh oladi.
"Fenerbahçhe" Grinvud bo'yicha "Marsel" bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

"Fenerbahçhe" hujumchi Meyson Grinvudning transferi borasida "Marsel" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, kelishuv miqdori 45 mln yevroni tashkil etadi, yana 5 mln yevro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.

Transfer qiymatining asosiy qismi Fransiya klubiga bo'lib-bo'lib to'lanadi. Natijada angliyalik 23 yoshli futbolchi bilan yiliga 11 mln yevro maosh bilan to'rt yillik shartnoma kelishib olingan. Futbolchining shartnoma imzolash uchun hafta oxirigacha Istanbulga yetib kelishi kutilmoqda. Shundan so'ng u darhol jamoaning Avstriyadagi yig'iniga jo'nab ketadi.

Ma'lumot uchun, Grinvud 2024 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar