Bugun
10
O'zbek

Kurtua AQSH ustidan g'alaba haqida: «Hurmatsizlikka munosib javob qaytardik»

Futbol
8 iyul, 17:05
Belgiya darvozaboni Senegalni AQSHdan kuchli jamoa deb hisoblashini aytdi.
Kurtua AQSH ustidan g'alaba haqida: «Hurmatsizlikka munosib javob qaytardik»
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 1 : 4 Belgiya Belgiya

Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCH-2026 1/8 finalida AQSH (4:1) ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaga munosabat bildirdi.

«So'nggi kunlarda ular bizga nisbatan ko'rsatgan hurmatsizlikka munosib javob qaytardik. Biz haqida avvalgi jamoa emasligimizni, bizni osonlikcha mag'lub etishlarini aytishgandi. Ha, Misr va Eronga qarshi o'yinlar oson kechmadi, ammo ular mutlaqo boshqa bahslar edi. Ularni bu safargi o'yin bilan taqqoslab bo'lmaydi. Yaxshi jamoa ekanligimizni isbotladik».

Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani haqida

«Bu gaplarning barchasini o'qib, kulaman. Tushunaman, ular AQSH milliy jamoasiga qiziqishni oshirishni xohlashadi. Lekin bu g'alabaga men Senegalga qarshi o'yin oldidan bo'lganidan ham ko'proq ishongandim. Chunki, menimcha, Senegal — AQSHdan kuchliroq jamoa»
, — deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar