Bugun
10
O'zbek

Duglas Kosta — "Al Ittifoq" futbolchisi

Futbol
8 iyul, 16:45
"Yuventus" va "Bavariya"ning sobiq vingeri faoliyatini BAAdа davom ettiradi.
Duglas Kosta — "Al Ittifoq" futbolchisi
Foto: Getty Images

Duglas Kosta faoliyatini BAAdа davom ettiradi.

Braziliyalik 35 yoshli vinger "Kevo"ni tark etib, "Al Ittifoq" bilan shartnoma imzoladi.

Kosta "Yuventus" va "Bavariya" kabi grand klublardagi faoliyati bilan tanilgan. Shuningdek, futbolchi "Shaxtyor", "Fluminense", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Sidney" jamoalarida ham harakat qilgan. U o‘tgan mavsumda Italiya D Seriyasida atigi 1 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urg‘an.

Ma'lumot uchun, Kostaning yangi jamoasi "Al Ittifoq" BAAning kuch jihatidan ikkinchi divizionida o‘ynaydi va o‘tgan mavsumda 12-o‘rinni egallagan.

Duglas Kosta
Foto: Al Ittifaq
Bugungi yangiliklar