Bugun
10
O'zbek

MMA bo'yicha eng kuchli mamlakatlar reytingi tuzildi — Rossiya birinchi (top-10)

MMA
8 iyul, 16:03
Reyting tuzishda to'rt mezon hisobga olindi.
MMA bo'yicha eng kuchli mamlakatlar reytingi tuzildi — Rossiya birinchi (top-10)
Foto: Getty Images

ESPN nashri MMA bo'yicha eng kuchli davlatlar reytingini tuzdi. Reytingni shakllantirishda quyidagi to'rt mezon hisobga olindi:

🔘 Amaldagi chempionlar soni;

🔘 UFC va PFL reytinglarida barcha vazn toifalarida o'rin olgan jangchilar;

🔘 Istiqbolli jangchilar;

🔘 Yetakchi MMA promoushenlarida o'z davlatini namoyon etayotgan jangchilarning umumiy soni.

Top-10 quyidagicha:
1. Rossiya
2. AQSH
3. Braziliya
4. Angliya
5. Avstraliya
6. Gruziya
7. Fransiya
8. Meksika
9. Yangi Zelandiya
10. Xitoy


Ma'lumot uchun, 2025 yil yakunlariga ko'ra Rossiya ikkinchi o'rinda edi. Ammo hozir ESPN'ning P4P reytingida birinchi va ikkinchi o'rinlarni aynan rossiyalik jangchilar egallab turibdi — yarim o'rta vazn chempioni Islom Maxachev va engil vazn toifasi chempioni Pyotr Yan.

Bugungi yangiliklar