"Real"ning chap qanot himoyachisi Fran Garsiya faoliyatini "Betis"da davom ettiradi.
Sevilya klubi futbolchini 4 million yevro evaziga sotib oldi. Shuningdek, madridliklar 26 yoshli ispanning keyingi transferidan 50 foiz ulush olishadi.
Shartnoma 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Garsiya barcha turnirlarda 23 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
Transfermarkt portali uni 10 million yevroga baholamoqda.
Fran faoliyati davomida "Real"dan tashqari "Rayo Valekano"da ham o'ynagan.
Rasman: Fran Garsiya "Betis"ga o'tdi
Futbol
8 iyul, 15:50
"Real" chap qanot himoyachilaridan birini sotdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi