Meksika milliy jamoasi yaqin kunlarda bosh murabbiyini o'zgartiradi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Xavyer Agirrening o'rnini uning yordamchisi Rafael Markes egallaydi. Qayd etilishicha, bu qaror Jahon chempionati boshlanishidan avval qabul qilingan bo'lib, Markes ushbu turnir davomida Agirre yonida tajriba to'plashi rejalashtirilgan edi.
JCH-2026da Meksika milliy jamoasi 1/8 finalga qadar yetib bordi va ushbu bosqichda Angliyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
«Unga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Menimcha, u bu vazifani uddalay oladi. Hatto mendan ham yaxshiroq ishlaydi», — dedi Agirre o'z iste'fosi haqida fikr bildirar ekan.
Eslatib o'tamiz, Rafael Markes futbolchilik faoliyati davomida «Barselona» safida to'p tepgan va Meksika milliy jamoasi bilan beshta Jahon chempionatida ishtirok etgan.