AQSh milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Belgiya qarshi bahs (1:4)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Hamma ko'rdi, biz o'yinga boshidanok kira olmadik. Bu bahsda go'yo maydonda yo'q edik. Ha, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdik, ammo keyingi hujumning o'zidayoq yana gol o'tkazib yubordik.
Belgiya milliy jamoasini tabriklayman, ular bizdan kuchliroq edilar. Bu kun bizniki emas edi. Bahona izlashning hojati yo'q, chunki jamoamiz ko'rsatishga qodir bo'lgan o'yin saviyasini namoyish eta olmadik. Bu — haqiqat.
Biz o'rganishimiz kerak. Bu tahlil qilish, saboq chiqarish va nima uchun bu o'yinga jahon chempionatidagi avvalgi bahslarimizdek tayyorlana olmaganligimizni anglash jarayonidir.
Buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Balki javob juda oddiydir: bu kun na jamoaviy, na yakka tartibda bizniki bo'lmadi. Buning uchun mas'uliyatni o'z zimmamga olaman.
Biz vaziyatni chuqur tahlil qilishimiz va bu bizning odatdagi o'yinimiz ham, uslubimiz ham emasligini tushunib olishimiz lozim”, — dedi Pochettino.