"An Nasr" yarim himoyachisi Marselo Brozovich jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Tomonlar shartnoma muddati tugaganidan so'ng o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni yakunladi. Brozovichning "An Nasr" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil iyul oyi kirishi bilan yakuniga yetdi. Riyodliklar 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga yangi bitim taklif qilmaslikka qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Marselo 2023 yildan buyon "An Nasr" safida to'p tepib kelayotgandi. U Saudiya Arabistoniga Milanning "Inter" klubidan ko'chib o'tgan.
Avvalroq Postekoglu "An Nasr" bosh murabbiyi etib tayinlangani ma'lum qilingandi.