"Tottenhem" sobiq bosh murabbiyi Anje Postekoglu Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda riyodliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassis yangi jamoasi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Postekoglu murabbiylik faoliyati davomida Avstraliya milliy jamoasi, "Seltik", "Tottenhem", "Nottinghem Forest" hamda yana bir qator jamoalarni boshqargan.
Postekogluning "An Nasr"gacha bo'lgan so'nggi ish joyi "Nottinghem Forest" bo'lib, u 2025 yil oktabr oyida jamoani tark etgandi.