Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa hamda yarimhimoyachisi Morgan Rojersni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
23 yoshli hujumkor yarimhimoyachi anchadan buyon «to‘pchilar»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi, 28 yoshli markaziy himoyachi borasida ma’lumot esa yaqinda paydo bo‘ldi.
ESPN FC xabariga ko‘ra, bu ikki futbolchining transferi «Arsenal»ga taxminan 130 mln funt sterlingga (150 mln yevrodan ko‘proq) tushishi mumkin. Transferlar borasida rasmiy taklif hali yuborilganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Morgan Rojers va Ezri Konsa hozirda Angliya milliy jamoasi safida jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Transfermarkt portali Rojersni 90 mln yevroga, Konsani esa 40 mln yevroga baholamoqda.