Live
1
O'zbek

Bild Kloppning Germaniya milliy jamoasini boshqarishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini ma’lum qildi

Futbol
3 iyul, 13:23
2025-yildan buyon 59 yoshli mutaxassis Red Bull kompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori sifatida ishlamoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Bild Kloppning Germaniya milliy jamoasini boshqarishiga nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlash masalasida Red Bull bilan muzokara olib borishiga to‘g‘ri keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Manbaning yozishicha, tashkilotlar o‘rtasidagi muzokaralar ancha og‘ir o‘tishi mumkin, shu bilan birga Kloppning istagiga qaramay, Germaniya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi kafolatlanmagan. Ta’kidlanishicha, Red Bull muddatidan avval mutaxassis bilan xayrlashish uchun bir necha million talab qilishi mumkin. Hozirgacha tarixda biror marta ham DFB milliy jamoa murabbiyi uchun tovon puli to‘lamagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar