Germaniya milliy jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger JChdagi muvaffaqiyatsizlik borasida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, nemislar 1/16 finalda Paragvayga qarshi bahsda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘yib, turnirni tark etdi.
«Bu juda qattiq azob bermoqda. Barchamiz shunchaki yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Bu biz qabul qilishga majbur bo‘lgan achchiq haqiqatdir. Biz jamoa sifatida chuqur qayg‘udamiz, ammo hammasidan ham ko‘proq siz — muxlislarimiz uchun afsusdamiz. Nima bo‘lishidan qat'i nazar, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Rüdiger ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.