Live
1
O'zbek

Morgan: «Fransiya milliy jamoasini qanday to‘xtatishni tasavvur ham qila olmayapman»

Futbol
1 iyul, 16:57
Britaniyalik jurnalist Didye Desham jamoasini turnirning asosiy favoriti deb atadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Morgan: «Fransiya milliy jamoasini qanday to‘xtatishni tasavvur ham qila olmayapman»
Foto: Getty Images
04.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Paragvay Paragvay - : - Fransiya Fransiya

Taniqli britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan JCH-2026da ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Fransiya jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Fransiya milliy jamoasini qanday to‘xtatishni tasavvur ham qila olmayapman. Ular Braziliyaning tarixdagi eng buyuk milliy jamoalaridan birini eslatmoqda — hujumda nihoyatda xavfli. Ularga qarshi o‘ynaydigan barcha jamoalarga omad tilayman, chunki bunga ularga ibodat ham kerak bo‘ladi», — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Fransiya JCH-2026 1/16 finalida Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bungacha Didye Desham shogirdlari Senegal (3:1), Iroq (3:0) va Norvegiya (4:1) ustidan ham g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya jamoasi chorakfinal yo‘llanmasi uchun Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Janubiy amerikaliklar 1/16 finalda Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, turnirning eng katta sensatsiyalaridan biriga mualliflik qilgandi.

Ma'lumot uchun, Paragvay — Fransiya uchrashuvi 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paragvay Paragvay
  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar