Angliyalik «Manchester Yunayted» sobiq a’zosi Gari Nevill Fransiyaning JCH-2026 pley-off birinchi bosqichida Shvetsiyaga qarshi o‘yini haqida gapirdi.Didiye Desham shogirdlari skandinavlarni yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
«Fransiya chempionlik yo‘lida jiddiy qadam tashladi. Biz Shvetsiya jamoasini yo‘q qilinishiga guvoh bo‘ldik. Ularning hujum chizig‘i mundialdagi har qanday himoya chizig‘i uchun dahshat bo‘ladi. Bu hujumchilarni qanday qilib jilovlash, to‘xtatib qolish mumkinligini bilmayman», - deya mutaxassis so‘zlarini kelitrid ITV.
Pley-offning keyingi bosqichida Didiye Desham jamoasi Germaniyaning musobaqadan chiqarib yuborgan Paragvayga qarshi maydonga tushadi.