Live
1
O'zbek

Fransiya jahon chempionatining qatorasiga 5 ta o‘yinida kamida 3 ta gol urmoqda

Futbol
30 iyun, 20:57
Desham jamoasi mundiallar tarixida unikal natija qayd etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Fransiya jahon chempionatining qatorasiga 5 ta o‘yinida kamida 3 ta gol urmoqda
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Shvetsiya Shvetsiya

Fransiya milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida unikal natijaga erishdi. Bu borada Desham jamoasi mundiallar tarixidagi ilk jamoaga aylandi. Shvetsiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) keyin Didiye Desham shogirdlari jahon chempionatlari tarixida qatorasiga 5 ta o‘yinda 3 va undan ko‘p gol urishga erishgan ilk jamoaga aylandi.

Bu seriya jahon chempionati-2022 finalida boshlangan bo‘lib, o‘shanda fransuzlar Argentina darvozasini uch bor ishg‘ol etishgandi. Undan so‘ng fransuzlar JCH-2026da ham samaradorlik ko‘rsatdi va Senegal (3:1), Iroq (3:0), Norvegiya (4:1) hamda Shvetsiyaga qarshi (3:0) o‘yinlarda ham kamida uchta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, JCH 1/8 finalida Fransiya Paragvay bilan ro‘baro‘ keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar