Bugun
6
O'zbek

Mbappe golni Desham bilan nishonlagani haqida: «U nimalarni boshdan kechirganini yaxshi bilamiz»

Futbol
30 iyun, 23:16
Fransiyalik hujumchi golini milliy jamoa bosh murabbiyi bilan nishonlagani haqidagi savolga javob berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Mbappe golni Desham bilan nishonlagani haqida: «U nimalarni boshdan kechirganini yaxshi bilamiz»
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Shvetsiya Shvetsiya

Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe golini bosh murabbiy Didiye Desham bilan nishonlagani haqida gapirdi.

Musobaqa davomida, bir necha kun avval, murabbiy oilasida fojia yuz berdi – uning onasi vafot etdi. Jamoa sardori JCH-2016 1/16 finali doirasidagi Shvetsiyaga qarshi bahsda urgan golini Desham bilan nishonlash orqali, uni qo‘llab-quvvatlashni niyat qilgan.

«Murabbiy nimalarni boshdan kechirganini yaxshi bilamiz. Biz doim u bilan birga ekanligimizni yaxshi biladi. Uni har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlaymiz», – dedi Mbappe o‘yindan keyingi intervyusida.

O‘yin 3:0 hisobida Fransiyaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Madridning «Real» klubi forvardi dublni rasmiylashtirdi va FIFA tomonidan topshiriladigan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovriniga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, endi 1/8 finalda Fransiya milliy jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar