Bugun
6
O'zbek

Nevill Mbappening o‘yinidan hayratda ekanligini yashirmadi

Futbol
1 iyul, 01:58
Angliya milliy jamoasi sobiq himoyachisi fransuzlar hujumchisi va sardorining o‘yiniga yuqori baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Nevill Mbappening o‘yinidan hayratda ekanligini yashirmadi
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Shvetsiya Shvetsiya

Angliya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Gari Nevill jahon chempionati 1/16 final doirasidagi Fransiya va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘yindan keyin Kilian Mbappening harakatlarini e’tirof etdi.

- To‘g‘risini aytsam, bu jahon darajasidagi gol. Ha, biz Olise, Dembele, Sherki haqida gapirgandik. Biroq Mbappe - butkul boshqa darajadagi futbolchi, - deya Nevill so‘zlaridan iqtibos keltirdi VVS.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasi Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mbappe bu bahsda dubl qayd etib, ikkinchi bor o‘yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, Kilian ushbu musobaqada ham, mundiallar tarixida ham to‘purarlar poygasida Lionel Messidan keyin ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar