Bugun
6
O'zbek

Chuameni Fransiya milliy jamoasining o‘yini va JCH-2026 1/8 finali haqida gapirdi

Futbol
30 iyun, 22:42
Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Shvetsiya (3:0) ustidan qozongan g‘alaba taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Chuameni Fransiya milliy jamoasining o‘yini va JCH-2026 1/8 finali haqida gapirdi
Foto: Getty Images
30.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 0 Shvetsiya Shvetsiya

Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Orelen Chuameni JCH-2026 1/16 finalida Shvetsiya (3:0) ustidan qozonilgan g‘alaba va keyingi bosqich haqida gapirdi.

- Turnir boshidanoq biz nimalarga qodirligimizni bilardik. Eng yaxshi sifatlarimizni namoyish etganimizda katta natijalarga erisha olamiz. Ammo oldinda yana bir necha muhim qadamlar bor. Hozir tiklanishimiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlashimiz zarur. Biz o‘yinlarimiz boshini yaxshiroq o‘tkazishga qodirmiz, ammo xotirjamlikni saqlab, yuzaga kelgan imkoniyatlarimizdan unumli foydalansak, g‘alaba qozonamiz, - dedi xavbek o‘yindan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya jahon chempionatining 1/8 finalida Paragvay milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar