Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsda (2:1) dubl qayd etib, turnirdagi gollari sonini beshtaga yetkazdi.
«Bavariya» forvardi uchrashuvning 75-daqiqasida hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 86-daqiqada Angliyaga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Shu tariqa, Keyn ushbu mundialdagi to‘rt uchrashuvda 5 ta gol muallifiga aylandi. U avvalroq Panama darvozasini bir marta ishg‘ol qilgan va Xorvatiyaga qarshi bahsda ham dubl qayd etgandi. Faqat Gana bilan golsiz yakunlangan uchrashuvda gol ura olmadi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 to‘purarlar poygasida Harri Keyndan faqat Lionel Messi va Kilian Mbappe oldinda bormoqda. Ularning har biri hisobida 6 tadan gol bor.
Ma'lumot uchun, Harri Keyn Jahon chempionatlari tarixida Angliya jamoasi safida 13 ta gol urgan va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat rekordchisi hisoblanadi.