Bugun
6
O'zbek

«Yuventus» «Jenoa» hujumchisini sotib oldi

Futbol
1 iyul, 17:25
19 yoshli futbolchining transferi turinliklarga 16 mln yevroga tushdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Yuventus» «Jenoa» hujumchisini sotib oldi
Foto: Juventus FC

Jeff Ehator «Yuventus» futbolchisiga aylandi.

Turin klubi «Jenoa»ning italyan 19 yoshli hujumchisini o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Tomonlar 2031 yil iyungacha mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.

Transfer qiymati 16 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, yana 2 million yevro miqdorida bonuslar bor.

Ehator o'tgan mavsumda A Seriyada 30 ta bahsda maydonga tushib, ularning har birida o'rtacha 31 daqiqadan harakat qilgan va 3 ta gol urgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar