Bugun
28
O'zbek

Stouns faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin

Futbol
27 iyun, 13:27
Jon "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Stouns faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Jon Stouns Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, angliyalik 32 yoshli futbolchiga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti Stouns transferini shaxsan qo‘llab-quvvatlamoqda va klub rahbariyati ham uni jamoaga olib kelish imkoniyatini muhokama qilgan.

Ma'lumot uchun, Jon "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etdi. U 2016 yildan buyon "shaharliklar" safida to‘p tepib kelayotgan edi.

O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar