Live
1
O'zbek

Husanov JCHda eng ko'p pul topadigan futbolchilar reytingidan joy oldi

Futbol
27 iyun, 13:03
Abduqodirning yillik daromadi 6,2 million dollarni tashkil etgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Husanov JCHda eng ko'p pul topadigan futbolchilar reytingidan joy oldi
Фото: Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Manchester City» himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi bo‘lgan 48 mamlakat futbolchilari orasidagi eng yuqori daromad topuvchi o‘yinchilar reytingiga kiritildi. Bu haqda Forbes Sport nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Husanov mazkur reytingda 38-o‘rinni egallagan. Bu borada u yagona o‘zbek futbolchi bo‘lgan.

Abduqodirning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million dollarni tashkil etadi. Shundan 5 million dollari maosh va futbol faoliyatidan tushadigan daromad bo‘lsa, yana 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari hamda boshqa manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Reytingda birinchi o‘rinni 280 million dollar yillik daromad bilan Krishtianu Ronaldu egallagan. Ikkinchi pog‘onadan 130 million dollar bilan Lionel Messi o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar