Bugun
28
O'zbek

Opta Oʻzbekistonning Kongoga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonish ehtimolini baholadi

Futbol
27 iyun, 14:53
Bu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:30da boshlanadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Opta Oʻzbekistonning Kongoga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonish ehtimolini baholadi
Фото: ЎФА
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Jahon chempionati 3-turidan oʻrin olgan Kongo DR va Oʻzbekiston uchrashuvi oldidan kuchlar nisbati sun'iy intellekt yordamida baholandi.

Opta superkompyuteri 25 mingta virtual oʻyin modellashtirib, ehtimoliy natijalarni hisoblab chiqdi.

Unga koʻra, ushbu bahsda ustunlik Kongo milliy jamoasi tomonida: afrikaliklarning gʻalaba qozonish ehtimoli 48,9 foizga baholangan.

Oʻzbekistonning yutishiga 26,8 foiz, durang qayd etilishiga esa 24,3 foiz ehtimol berilgan.

Ma'lumot uchun, Kongo DR bir ochko bilan guruhda 3-oʻrinni egallagan. Oʻzbekiston esa ikki oʻyindan soʻng birorta ochkosiz 4-pogʻonada. Bu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:30da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar