Madridning «Real» klubi Niko Pasning kelajagini uzoq muddatli reja asosida ko‘rmoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, «Komo» 21 yoshli yarimhimoyachini 60 million yevroga sotib olishga kelishib olgan. Transfer kelasi hafta rasman e'lon qilinadi.
Shu bilan birga, «Real» shartnomaga 2027 yilda futbolchini 80 million yevro evaziga qayta sotib olish bandini kiritadi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar dastlab Pasning 2026/27 yilgi mavsumdayoq jamoaga qaytishini rejalashtirgandi. Biroq futbolchi Joze Mourinyo qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga shubha qilgan.
Shu sababli argentinalik yarimhimoyachi faoliyatini hozircha «Komo»da davom ettirishni ma'qul ko‘rgan. Italiya klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida «Real» Niko Pasni 9 million yevroga qayta sotib olish bandini faollashtirgandi. O‘tgan mavsum u A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.