Live
2
O'zbek

Nyubel «Bavariya»ni tark etishi kutilmoqda

Futbol
27 iyun, 17:00
Nyubelning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Nyubel «Bavariya»ni tark etishi kutilmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» darvozaboni Aleksandr Nyubel yozgi transfer oynasida Myunxen klubini tark etishi kutilmoqda.

Jurnalist Ertan Syuzgunning ma'lum qilishicha, so'nggi vaqtlarda 29 yoshli kiper transferi bo'yicha «Beshiktosh» qiziqish bildirgan.

Manbaga ko'ra, nemis darvozaboni ham Istanbul klubiga o'tish variantiga ijobiy qaraydi.

Hozirda «Beshiktosh» va «Bavariya» klublari transfer summasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Nyubel so'nggi uch mavsumni ijarada «Shtutgart» safida o'tkazdi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda qatnashib, 70 ta gol o'tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Nyubelning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Bugungi yangiliklar