Bugun
28
O'zbek

Gazizov: "Nima bo'lganda ham O'zbekiston oxirgi uchrashuvda g'alaba qozonsin deb qolaman"

Futbol
27 iyun, 03:00
Rossiyalik futbol funksioneri Kongo DR — O'zbekiston o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Gazizov: "Nima bo'lganda ham O'zbekiston oxirgi uchrashuvda g'alaba qozonsin deb qolaman"
Foto: The World Inform
27.06.2026, 19:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Rossiyalik futbol funksioneri Shamil Gazizov jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Kongo DR — O'zbekiston uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Hammаsi bo'lishi mumkin, ammo O'zbekistonda to'plar farqi yaxshi emas. Shu bois vazifa ancha qiyin.

Ular yaxshi o'ynadi, ammo ikki o'yinda ham mag'lub bo'ldi. Hamma yaxshi harakat qildi, ammo yanada yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Nima bo'lganda ham jamoa oxirgi uchrashuvda g'alaba qozonsin deb qolaman», — dedi Gazizov «Match TV»ga bergan intervyusida.

3-tur oldidan O'zbekiston milliy jamoasi ochko to'play olmagan va o'z guruhida so'nggi o'rinni egallab turibdi. Kongo DRga qarshi uchrashuv ertaga, 28 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi. Avvalroq O'zbekistonning Kongoga qarshi oq libosda o'ynashi ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar