2026 yilgi futbol mavsumining ikkinchi qismi oldidan Samarqandning "Dinamo" klubi rahbariyatida o'zgarish yuz berdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
"O'tgan yarim yil davomida klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Ro'zievga jamoada faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi va Shuhrat Ashurovich Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Klub muassislari va rahbariyat qaroriga ko'ra, Anvar Nosirov "Dinamo" PFK bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar Shukhratovich 2013-2017 yillar davomida Samarqandning "Sherdor" klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, o'tgan yillar davomida viloyat futbolida murabbiy va "Sherdor" futbol klubi rahbariyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan edi.
So'nggi yillarda Samarqand futbolida bolalar-o'smirlar futbolida katta yutuqlarga erishgan, xususiy klubdagi samarali faoliyati orqali tanilgan 29 yoshli mutaxassisning "Dinamo" PFK bosh direktori lavozimidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", — deyiladi xabarda.
Avvalroq O'zbekiston U-20 jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida "Dinamo"ga yutqazgani ma'lum qilingan edi.