Bugun
28
O'zbek

Urugvay ketma-ket ikkinchi mundialda ham pley-off bosqichiga chiqa olmadi

Futbol
27 iyun, 02:30
2022 yildagi jahon chempionatida ham jamoa guruhda 3-o'rinni egallagandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Urugvay ketma-ket ikkinchi mundialda ham pley-off bosqichiga chiqa olmadi
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Urugvay milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionati pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.

Marselo Byelsa boshchiligidagi jamoa guruh bosqichining 3-turida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Shu tariqa, Janubiy Amerika vakillari 3 ta o'yinda 2 ochko to'plab, H guruhida 3-o'rinni egalladi. Urugvay bunga qadar Saudiya Arabistoni bilan 1:1, Kabo-Verde bilan esa 2:2 hisobida durang o'ynagandi.

Shu tariqa, jamoa ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida ham musobaqaning keyingi bosqichiga chiqa olmadi. Urugvayliklar 2022 yildagi jahon chempionatida ham guruhda 3-o'rinni egallab, Janubiy Koreya va Portugaliyadan ortda qolgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar