Bugun
28
O'zbek

Ispaniya mundiallar tarixida ilk bor guruh bosqichida birorta ham gol o'tkazib yubormadi

Futbol
27 iyun, 02:00
Jamoa darvozasini uchala uchrashuvda ham Unai Simon qo'riqladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ispaniya mundiallar tarixida ilk bor guruh bosqichida birorta ham gol o'tkazib yubormadi
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida ilk bor guruh bosqichini birorta ham gol o'tkazib yubormasdan yakunladi.

Ispaniyaliklar jahon chempionati guruh bosqich 3-turida Urugvayni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bunga qadar Luis de la Fuente shogirdlari Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o'ynab, Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida taslim etgandi.

Shu tariqa, ispaniyaliklar 7 ochko bilan guruhda 1-o'rinni egalladi. Qayd etish lozim, Ispaniya milliy jamoasi darvozasini uchala uchrashuvda ham "Atletik" posboni Unai Simon qo'riqladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar