«Barselona» «Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarzabal transferiga qiziqish bildirmoqda.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Robert Levandovskining ketishidan so‘ng hujumchi qidirmoqda. Shu sababli klub bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning «Atletiko» klubi forvardi Xulian Alvares transferi bo‘yicha vaziyat noaniq bo‘lib qolayotgani sabab Oyarzabal muqobil nomzod sifatida baholanmoqda.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum «Real Sosyedad» safida 40 ta bahsda maydonga tushib, 18 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali Oyarzabalning bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Mikel Oyarzabal ayni paytda Ispaniya milliy jamoasi safida JCH-2026da ishtirok etmoqda. Hujumchi uzoq yillardan buyon «Real Sosyedad»ning asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi.