Live
12
O'zbek

Reynders "Al Qodisiya" bilan kelishuvga erishdi – Romano

Futbol
13 avgust, 14:47
Reynders Saudiya klubi bilan 5 yillik bitim imzolaydi.
Reynders "Al Qodisiya" bilan kelishuvga erishdi – Romano
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Tijani Reynders faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, niderlandiyalik 28 yoshli futbolchi "Al Qodisiya" bilan kelishuvga erishdi. Transfer qiymati taxminan 60 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Reynders Saudiya klubi bilan 5 yillik bitim imzolaydi. Yiliga 20 million yevro atrofida maosh oladi.

Reynders o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Qodasiya Al Qodasiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar