Saudiya Arabistonining «Al Qodisiya» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Tijani Reyndersni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni ijobiy tarzda davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Klublar futbolchi transferi borasida taxminan 60 million yevro miqdorida kelishuvga yaqin. Biroq hali niderlandiyalik yarimhimoyachining roziligi olinmagan.
Shuningdek, «Nottinghem Forest» ham Reyndersga qiziqish bildirmoqda. Transfer masalasi esa Tijanining qaroriga bog‘liq.
Avvalroq Ayub Buaddi «Manchester Siti»ga o‘tish arafasida ekani ma'lum qilingandi.