Bugun
45
O'zbek

Rahmonaliyev faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
12 avgust, 22:55
Ligue 1 klubi Umaralining transferlar ro'yxatiga kiritgan.
Rahmonaliyev faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Ozarbayjonning "Sabah" klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyevga Fransiyaning "Lens" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 90plus.media nashri xabar berdi.

"Lens" "Sabah" yarim himoyachisiga qiziqmoqda. Fransiya Ligue 1 vakili "Sabah"ning o'zbekistonlik futbolchisi Umarali Rahmonaliyevni transferlar ro'yxatiga kiritgan.

90plus.media ma'lumotiga ko'ra, Fransiya klubi 22 yoshli yarim himoyachini diqqat bilan kuzatmoqda. "Lens" skautlari muntazam ravishda kuzatayotgan yosh futbolchi uchun yaqin vaqt ichida "Sabah"ga rasmiy taklif yuborilishi kutilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston milliy jamoasi a'zosi bo'lgan Umaralining Transfermarkt'dagi narxi 1,2 million yevroni tashkil etadi, deb aytiladi xabarda. Avvalroq Rahmonaliyev "Sabah" bilan Ozarbayjon chempioniga aylangani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
  • Sabah FK Sabah FK
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar