Ozarbayjon chempionati yakuniga 4 ta tur qolganida "Sabah" chempionlikni qo'lga kiritdi.
Premer-liganing 21-turida "Qarabog'" klubi mehmonda "Neftchi"ga 2:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Natijada chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini butunlay yo'qotdi.
Umarali Rahmonaliyev to'p tepayotgan "Sabah" 29 ta o'yindan so'ng 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Qarabog'" hisobida esa 59 ochko bor.
Shu tariqa, o'zbekistonlik futbolchi Ozarbayjon chempionligini qo'lga kiritdi.