Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart Toqayev UFC jangchisi Shavkat Rahmonovga otasi Baxtibay Alpamisovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi. Bu haqda Qozog'iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
«Baxtibay Rahmonuli munosib hayot kechirgan, hurmatli inson edi. Haqiqiy vatanparvar sifatida u sizdek kuchli va jasur o'g'ilni tarbiyaladi.
Siz mamlakat nufuzini yanada yuksaltirib, butun xalqimiz faxriga aylandingiz», — deyiladi Qozog'iston prezidentining rasmiy saytida e'lon qilingan xabarda.
Ma'lumot o'rnida, Shavkat Rahmonovning otasi Baxtibay Alpamisov 2 avgust kuni 66 yoshida vafot etgandi.