Bugun
45
O'zbek

Messi faoliyatida ilk bor jamoasi bilan guruh bosqichidan o'ta olmadi

Futbol
13 avgust, 00:35
"Leon"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Inter Mayami" guruhdan chiqish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.
Messi faoliyatida ilk bor jamoasi bilan guruh bosqichidan o'ta olmadi
Foto: Getty Images

"Inter Mayami" "Leon"dan mag'lub bo'lib, Ligalar kubogida guruh bosqichidan chiqish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.

Uchrashuv meksikaliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mayami klubi ikki marta hisobda oldinga chiqdi, ammo mehmonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi va 83-daqiqada g'alaba golini urishdi.

Shu tariqa, 39 yoshli Lionel Messi faoliyatida ilk bor jamoasi bilan guruh bosqichidan o'ta olmadi. Bunga qadar argentinalik futbolchi jamoalari bilan har doim pley-off bosqichiga chiqqandi.

Ma'lumot o'rnida, "Inter Mayami" uch turdan so'ng 3 ochko jamg'ardi, "Leon"da esa 9 ochko bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Leon Leon
  • Ligalar kubogi Ligalar kubogi
Bugungi yangiliklar