Bugun
45
O'zbek

Emeri: "Mag'lubiyat hech qachon quvonch keltirmaydi"

Futbol
13 avgust, 00:20
"Aston Villa" bosh murabbiyi "PSJ"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Emeri: "Mag'lubiyat hech qachon quvonch keltirmaydi"
Foto: Getty Images
12.08.2026 FT UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 1 Aston Villa Aston Villa

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "PSJ"ga qarshi Yevropa superkubogi uchun kechgan bahs (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Mag'lubiyat hech qachon quvonch keltirmaydi, ammo futbolchilarning qanday kurashgani, 90 daqiqa davomida maydonda bor kuchini berganidan mamnunman.

Gol urish uchun yaratgan imkoniyatlarimizga kelsak, bugun qilgan ishlarimizdan faxrlanishimiz kerak".

Brayan Majo va Jorj Hemmings haqida

"Ularning bunday o'yinlarda tajriba orttirishi juda muhim. Ular mashaqqatli mehnat orqali nimalarni o'rganganini namoyish etmoqda.

Biz bu uchrashuvda qanday o'ynashimizni oldindan belgilab, futbolchilarni ushbu pozitsiyalarda harakat qilishga tayyorladik".

Emiliano Martinez, Ezri Konsa va Olli Uotkins o'ynamagani haqida

"Ular bu o'yindan keyin bizga qo'shilishadi, shanba kuni esa so'nggi o'rtoqlik uchrashuvimiz bo'ladi. Ular unda ishtirok etmaydi, ammo darhol jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlashadi.

Mavsum juda og'ir o'tgani uchun ularga 4 haftalik ta'til berishni istagandik. Biz jismoniy holati yaxshi bo'lgan futbolchilar bilan ishlashni ma'qul ko'ramiz.

Umuman olganda, qilgan barcha ishlarimizdan faxrlanishimiz mumkin. Ayrim o'zgarishlar kerak bo'ladi, ammo o'z kuchimizga ishonamiz".

Keyingi transferlar haqida

"Kelgusida o'zgarishlar ko'proq bo'lishi rejalashtirilgan", — dedi Emeri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar