Shimoliy va Markaziy Amerika klublari o'rtasida Ligalar kubogi davom etmoqda.
3-turda "Inter Mayami" o'z maydonida Meksikaning "Leon" klubini qabul qilib, 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Qayd etish lozim, Messi ushbu bahsda zaxiradan maydonga tushirildi. Bungacha u otasining vafoti sabab jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuborgandi.
Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" 2023 yil ushbu turnirda g'olib bo'lgan.
Ligalar kubogi. 3-tur
Inter Mayami — Leon 2:3
13 avgust. "Nu Stadium"
Gollar: Pinter 42, Brayt 53 — Archila 50, 83 (dubl), Dominges 61.
Inter Mayami — Rios Novo, Frey (Mura 86), Lujan, Allen (Regilon 64), Mikael (Kaysedo 33), Kazemiro, De Paul, Brayt, Delinoys (Plambek 65), Pinter (Messi 46), Seoviya.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi