"Chelsi" yarimhimoyachisi Enso Fernandes transferi bo'yicha muzokaralar uchun so'nggi muddatni ertaga, 14 avgust kuni kechgacha etib belgiladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, agar shu vaqtga qadar klublar kelisha olmasa, transfer amalga oshmaydi. 25 yoshli argentinalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar 140,5 million yevro miqdorida sof taklif berishi kerak.
Qayd etilishicha, "Manchester Siti" futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib turibdi va bir necha kundan beri uning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. London klubi esa bundan xabardor.
Ma'lumot o'rnida, Fernandes 2023 yil qishda "Benfika"dan "Chelsi"ga ko'chib o'tgan. Shu vaqtdan buyon u barcha musobaqalarda 166 ta o'yinda ishtirok etib, 30 ta gol urdi.
Avvalroq Ensoning "Chelsi"da qolishi mumkinligi ma'lum qilingandi.