«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kelvin Fillips yana «Sheffild Yunayted» safida Chempionshipda o'ynaydi.
«Shaharliklar» 30 yoshli yarimhimoyachini 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga berishdi.
Fillips o'tgan mavsumda «Sheffild» safida 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgandi.
Eslatib o'tamiz, «Siti» 2022 yilda o'sha paytda Angliya milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi bo'lgan futbolchini 42 million funt va bonuslar evaziga sotib olgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
"Siti" Fillipsni yana "Sheffild"ga ijaraga berdi
Futbol
12 avgust, 15:40
30 yoshli yarimhimoyachi yangi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.
Foto: Sheffield United