«Atalanta» hujumchisi Al Bilol Ture «Parma»ga o‘tdi.
Bergamo klubi 24 yoshli futbolchini 2027 yil 30 iyunga qadar ijaraga berdi.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, «Parma» ijara uchun 1,5 million yevro to‘laydi. Kelishuvda malilik forvardni 10 million yevro evaziga sotib olish bandi ham ko‘zda tutilgan. Muayyan shartlar bajarilsa, ushbu band majburiy bo‘ladi. Shuningdek, «Atalanta» futbolchining keyingi transferidan 10 foiz oladi.
Ture to‘liq transfer qilingan taqdirda, uning «Parma» bilan shartnomasi 2031 yilga qadar amal qiladi.
Futbolchi o‘tgan mavsumni «Beshiktosh»da ijarada o‘tkazdi va Turkiya chempionatida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Atalanta» Bilol Tureni yana ijaraga berdi
Futbol
12 avgust, 14:55
Malilik forvard yangi mavsumni A Seriyaning boshqa klubida o'tkazadi.
Foto: Parma