"Manchester Yunayted" darvozabon Radek Vitekning "Middlsbro"ga o'tganini ma'lum qildi.
Chempionshipda ishtirok etuvchi klub chexiyalik 22 yoshli posbon uchun taxminan 14 million funt to'laydi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
7 million funt kafolatlangan to'lovni tashkil etadi, yana 7 million funt esa bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.
Vitek o'tgan mavsumni "Bristol Siti"da ijarada o'tkazib, Chempionshipda 41 ta o'yinda maydonga tushgan va o'z darvozasidan 54 bor to'p olib chiqqandi.
Chexiyalik posbon faoliyati davomida "Lints" va "Akkrington" klublarida ham ijarada harakat qilgan.
"MYU" chexiyalik posbonini "Middlsbro"ga sotdi
Futbol
8 avgust, 13:40
Vitek bir necha ijaralardan so'ng mankunianliklar safini to'liq tark etdi.
Foto: Middlesbrough